Portal ma’muriyatiga ko‘ra, endi konsullik xizmatlaridan foydalanishda soatlab navbat kutish shart emas. Ilgari elchixonaga borib navbat kutilgan bo‘lsa, endi barchasini my.gov.uz orqali hal qilish mumkin.

Xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

  • my.gov.uz portaliga kirib, “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmati tanlanadi;
  • kerakli konsullik okrugini va xizmat turi belgilanadi;
  • taqvimdagi bo‘sh kun va soatlardan birini tanlab, navbat varaqasi olinadi.

Qabulga yozilish xizmati bepul.