U paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligining soliq organlarida mavjud bo‘lgan 165,6 mln so‘mlik qarzdorligini viloyat soliq boshqarmasidagi hamkasbi orqali kechiktirib berishni va’da qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan bosh inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishga chaqirmoqda. Shaxsning sir saqlanishi kafolatlanadi.