Xususan, Shahar markaziy ko‘chalaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan Buyuk ipak yo‘li hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chalarida frezalash va asfaltlash ishlari olib borildi.
Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab 3 ta chorrahada «aqlli» svetoforlarni o‘rnatish uchun yer qazish, asfalt kesish va kabel o‘tkazish ishlari boshlandi.
Bundan tashqari, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan «Salom choyxonasi» avtobus bekatini yangilash maqsadida uning poydevor qismi ta’mirlandi.
Sebzor ko‘chasida ham asfaltlash ishlari davom ettirilib, ko‘chaning Abdulla Qodiriy va Nurafshon ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida reja asosida frezalash hamda asfaltlash ishlari yakunlandi.











