Shu bilan birga, dunyodagi top-300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba-qizlarning kontrakt to‘lovlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi.
Xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa har yili kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant ajratiladi.
Shuningdek, maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga o‘qishga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.











