IIV «Xavfsiz shahar» markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida o‘rnatilayotgan intellektual videokuzatuv kameralarining texnik parametrlari belgilangan talab va standartlarga to‘liq mos ekanligi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, Mirobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar respublika bo‘ylab intellektual videokuzatuv tizimlarini joriy etishda namuna sifatida xizmat qiladi.

Yo‘riqnomalar asosida o‘rnatiladigan zamonaviy kameralar kelgusida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash va “issiq izidan” fosh etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.