O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, suhbat davomida ikki tomonlama kun tartibining rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilgan.

“Xususan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor sohalarda amaliy sa’y-harakatlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdik. Shuningdek, barqarorlik, izchil taraqqiyot va o‘zaro farovonlik asosida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik”, ”, deb yozdi Saidov.