Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturida shunday vazifa qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, 2026–2030 yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi 2026 yil 1 martgacha tayyor bo‘lishi kerak.

Dastur doirasida yil oxirigacha magistral yo‘llarni xalqaro talablarga moslashtirish loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 ming kilometr magistral yo‘llar avtobanga aylantirilishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil oxirida parlamentga murojaatida aytib o‘tgandi.