“Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Georgiy Kocharyan janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik. O‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qildik. Shubhasiz, katta salohiyatga ega ko‘plab yo‘nalishlar mavjud. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.

O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1995 yil 27 oktyabrda o‘rnatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil 29 yanvarda Armaniston prezidentining farmoni bilan tayinlangan Georgiy Kocharyan 2019 yildan beri Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Aram Grigoryan o‘rnini egalladi.