Zakot nisobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini «taqriban 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib» — 100 million so‘m deb belgiladi. Shu asosida kamida 85 gramm tilla yoki 100 million so‘m pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi tijorat moli bo‘lgan kishi, jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizini) zakot niyatida kambag‘allarga berishi farzdir.

Fitr sadaqasining miqdori esa quyidagicha belgilandi:

  • 2 kg bug‘doy yoki uning qiymati – 10 ming so‘m; (narxlar taqriban keltirilgan)
  • 2 kg bug‘doy uni yoki uning qiymati – 12 ming so‘m;
  • 4 kg arpa yoki uning qiymati – 20 ming so‘m;
  • 2 kg mayiz yoki uning qiymati – 110 ming so‘m;
  • 4 kg xurmo yoki uning qiymati – 200 ming so‘m.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambag‘alga bersa kifoya qiladi. Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida — hayit namozi o‘qilgunga qadar berish kerak bo‘ladi.

Fidya miqdori

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Ya’ni, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida beradi.