Ëvqochar bozori uchun kimdir uyida shirmoy non yopib chiqargan, yana kimdir go‘shtli non, kimlardir somsa va nisholda. Xullas, u yerdan Ramazon taomlaridan tortib, salqin ichimlig-u kalla-pocha, yopgan non va no‘xat sho‘rva – barcha taomlarni topish mumkin. Bozor, ayniqsa asr namozidan keyin odamlar bilan gavjum bo‘ladi.

Mahalliy aholi iftorik paytigacha bozorni bir aylanib chiqib ketishni odat qilgan. Bozorining fayzi, tarovati boshqacha.