Bugun, 14 fevral kuni soat 05:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida restoran xonasi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 05:16 da yetib borgan. Hodisa joyida o‘tkazilgan tekshiruvda restoran binosi ichidagi xonada skuter akkumulyatori zaryadlanayotgan vaqtda elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holatda yong‘in sodir bo‘lmagan.