Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida elektrotexnika sanoati texnoparkidagi ishlab chiqarish quvvatlari, korxonalar faoliyati va sohadagi amaliy natijalar bilan tanishiladi.

Shu bilan birga, prezident raisligida bo‘ladigan videoselektor yig‘ilishida tarmoq va hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.