Bunday yolg‘iz onalarning har oylik daromadining mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorigacha bo‘lgan qismi daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Hozirgi hisob-kitobga ko‘ra, bu 1 792 110 so‘m miqdorni tashkil etadi. Ya’ni, ushbu summa doirasidagi daromaddan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undirilmaydi.
Mazkur soliq yengilligi avtomatik ravishda emas, balki hujjat asosida qo‘llanadi.
Buning uchun:
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etiladi;
- ma’lumotnoma ish beruvchiga topshiriladi;
- shundan so‘ng buxgalteriya tomonidan soliq hisob-kitobida imtiyoz qo‘llanadi.
Ushbu yengillik ko‘p farzandli yolg‘iz onalarning moliyaviy yukini kamaytirish, oilaviy budjetini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Soliqdan qisman ozodlik oylik daromadning ko‘proq qismi oila ehtiyojlari uchun qolishiga xizmat qiladi.
Qonunchilikda belgilangan bunday imkoniyatlardan xabardor bo‘lish va o‘z vaqtida foydalanish fuqarolar uchun muhim ahamiyatga ega.











