Toshkent aeroportida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti (kuchli chaqmoq) tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

Xususan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Male — Toshkent yo‘nalishidagi HY3526 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Ostona — Toshkent yo‘nalishidagi HY722 reysi ekipaji ham Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalish olishni ma’qulladi.

Bundan tashqari, China Southern Airlines aviakompaniyasining Pekin — Toshkent yo‘nalishidagi CSN6027 reysi ekipaji Bishkekdagi muqobil aerodromga yo‘nalish olishga qaror qildi.