Dastur doirasida:
- mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga) garovsiz kreditlar miqdori 50 mln so‘mgacha oshiriladi;
- chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi hamda tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi;
- turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarda uy mehmonxonalarini tashkil qilish, shuningdek ixtisoslashuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar sotib olishga 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;
- ajratiladigan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilinadi.
Shuningdek, 2026 yil 1 martdan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining bir qismiga quyidagicha kompensatsiya taqdim etiladi:
- mahsulot yetishtirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha — foiz stavkasining 4 foizlik punkti;
- qo‘shimcha qiymat yaratadigan qayta ishlash loyihalari bo‘yicha — foiz stavkasining 6 foizlik punkti.











