Qo‘mita keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda:
- 25 yoshgacha bo‘lgan otalar — 97 917 nafar (11,1 foiz);
- 25–39 yoshdagilar — 718 798 nafar (81,7 foiz);
- 40 yosh va undan kattalar — 62 884 nafar (7,2 foiz).
Demak, har 100 ta tug‘ilishning qariyb 7 tasida ota 40 yoshdan katta bo‘lgan.
Shu bilan birga, onalar yoshi kesimida 40 yosh va undan kattalar ulushi ancha past — 1,4 foizni tashkil etgan (12 454 nafar).
Ma’lumotlar tug‘ilishlar asosan 25–39 yoshli ota-onalar hissasiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.











