2026 yil 28 yanvar kuni taxminan soat 06:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon hududida kuchli yog‘ingarchilik natijasida 300 m³ hajmdagi 1 ta qor ko‘chkisi kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida talafot hamda jabrlanganlar qayd etilmagan.
Shu bilan birga, hududda ob-havo sharoiti yomonligi sababli ma’lumot muddatidan kech taqdim etilgani bildirildi.
Qayd etilishicha, O‘zgidromet mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo o‘zgarishining doimiy monitoringi olib borilmoqda.











