Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 17 iyun kuni Bo‘stonliq tumani Obod mahallasida sodir bo‘lgan. 2016 va 2018 yillarda tug‘ilgan ikki nafar bola yashash uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, qutqaruvchilar tomonidan keng ko‘lamli qidiruv ishlari tashkil etilgan. Avvalroq bolalardan birining jasadi topilgan edi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan navbatdagi qidiruv ishlari davomida kecha soat 16:50 da ikkinchi bolaning jasadi ham aniqlanib, suvdan olib chiqildi.

Bo‘zsuv kanalida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi.