Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
Noqulay ob-havo oqibatida 18 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolgan, 18ta shtatda favqulodda holat e’lon qilingan.
Foto: AP
AQShda qor bo‘roni bois 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi, deb xabar berdi Fox News telekanali. Bo‘ron mamlakatning aksariyat qismini qamrab olishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Fox News xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo oqibatida 18 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolgan, 18ta shtatda favqulodda holat e’lon qilingan.
Milliy meteorologiya xizmati kuchli qor yog‘ishi va sharqiy Texasdan Shimoliy Karolinaga qadar muzlamalar vujudga kelishini prognoz qilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligi 250 ming porsiya yegulik, 400 ming litr ichimlik suvi va 30ta generator tayyorlab qo‘ydi, deb xabar qildi ABC News telekanali. Xabar qilinishicha, 28ta shaharda qidiruv-qutqaruv guruhi shay holatga keltirilgan.
Mavzuga oid
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026