CNBC va Statista tomonidan tuzilgan global ro‘yxat - fintex sohasida nufuzli baholash mezonlaridan biri sanaladi. Baholash biznesning moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlari, jumladan, daromad, rentabellik, kredit va depozit portfellarining o‘sish sur’ati, tranzaksiyalar hajmi hamda bozor ulushining chuqur tahlili asosida amalga oshiriladi.
TBC Uzbekistan’ning ketma-ket ikkinchi yil ushbu reytingdan o‘rin olishi kompaniyaning barqaror va daromadli o‘sish modelini tasdiqlaydi. 2020 yilda ishga tushirilganidan buyon ekotizimning oylik faol foydalanuvchilari soni 6 milliondan oshdi, brend esa mamlakatdagi eng taniqli uchta moliyaviy xizmat brendi qatoridan joy oldi. Bugungi kunda kompaniya O‘zbekistonning eng yirik 10 ta chakana banki qatoriga kiradi, to‘lovlar bozorining 20 foizdan ortig‘ini egallaydi hamda iste’mol kreditlari segmentida yetakchilik qiladi.

Chakana biznes bilan birgalikda ekotizim biznes uchun xizmatlarini ham kengaytirmoqda. TBC Biznes - O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan ilk to‘liq raqamli xizmat bo‘lib, 2024 yil dekabr oyida ishga tushirilganidan buyon 67 mingdan ortiq korporativ mijozni jalb qildi. Bugungi kunda biznes kreditlarining umumiy kredit portfelidagi ulushi 18 foizga yetdi.
Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan: “2025 yilda ushbu reytingdan o‘rin olgan O‘zbekistondagi ilk kompaniyaga aylandik, bugun esa bu maqomni yana bir bor tasdiqlamoqdamiz. Bu O‘zbekistonning dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan bozorlardan biri sifatidagi jozibadorligi tobora ortib borayotganidan, shuningdek, mamlakatdagi yetakchiligimiz va barqaror, daromadli biznesni rivojlantirish salohiyatimizdan dalolat beradi. O‘tgan yil davomida biz ekotizimni yangi bosqichga olib chiqdik: TBC Biznes’ni chakana yo‘nalishimiz darajasiga qadar kengaytirdik hamda ilg‘or sun’iy intellekt yechimlari yordamida mijozlar tajribasini tubdan o‘zgartirdik. Bu ishlarimiz CNBC va Statista tomonidan e’tirof etilganidan hamda O‘zbekistonning global maydondagi mavqeyini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashda davom etayotganimizdan mamnunmiz”.
Ekotizim rivojlanishining muhim omillaridan biri sun’iy intellektni joriy etish bo‘lib qolmoqda. TBC Uzbekistan mijoz tajribasining barcha bosqichlarida sun’iy intellekt yechimlarini joriy etmoqda. Yaqinda kompaniya o‘zbek tilidagi o‘zining katta til modellari (LLM) asosida yaratilgan Markaziy Osiyodagi ilk bank sun’iy intellekt yordamchisi - Lolani ishga tushirdi.








