Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil bo‘yicha dastlabki ko‘rsatkichlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, mamlakatda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1,2 mln tonnani tashkil etgan.
Qo‘mita ma’lumotlarida yonilg‘i-energetika va ayrim sanoat mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmlari quyidagicha keltirilgan:
- ko‘mir — 8,9 mln tonna;
- dizel yonilg‘isi — 1,2 mln tonna;
- neft — 655,7 ming tonna;
- tabiiy gaz — 42,3 mlrd kub.m;
- gaz kondensati — 1,1 mln tonna.
Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq yana bir ko‘rsatkich — avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi ham ochiqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yilda 248 247 dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.
Qayd etilishicha, keltirilgan raqamlar Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlari hisoblanadi. Ko‘rsatkichlar keyinchalik aniqlashtirilishi mumkin.










