Loyiha O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Hujjatga ko‘ra:

🔹 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda dual ta’lim shaklida o‘qiyotgan o‘quvchilarga maxsus elektron platforma orqali stipendiya to‘lanadi;
🔹 o‘quvchilarga har oy bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya to‘lash belgilanmoqda;
🔹 agar ish beruvchi tomonidan o‘quvchining kasbiy ko‘nikmalari va intizomi qoniqarsiz deb baholansa, stipendiya to‘lash to‘xtatilishi mumkin;
🔹 stipendiyalarni moliyalashtirish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi orqali amalga oshiriladi;
🔹 Agentlik va Raqamli texnologiyalar vazirligiga 2026 yil 1 avgustgacha maxsus platformani ishga tushirish vazifasi yuklatilmoqda;
🔹 platforma «Yagona milliy mehnat tizimi» va elektron hukumat infratuzilmalari bilan integratsiya qilinadi.

Qayd etilishicha, 2026 yilda xarajatlar amaldagi budjet doirasida qoplanadi, 2027 yildan esa davlat budjeti parametrlarida alohida nazarda tutiladi.