Hududlar kesimida birlamchi bozorda eng yuqori o‘sish quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Sirdaryo viloyati — 45 foiz;
  • Toshkent viloyati — 36 foiz;
  • Namangan viloyati — 26 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati — 21 foiz.

Shu bilan birga, yil davomida yangi yengil avtomobillar realizatsiyasi hajmi Toshkent shahri, shuningdek Navoiy va Xorazm viloyatlarida kamaygani kuzatilgan.

Tahlilga ko‘ra, 2025 yilda mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida savdo hajmi 315 ming donadan oshgan. Xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi esa taxminan 53,3 ming donani tashkil etgan.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda yangi elektromobillar sotuvi 35 foizga o‘sib, 40,7 ming donaga yetgan. Qayd etilishicha, aynan ushbu segment bozorning umumiy o‘sishiga sezilarli turtki bergan.

Elektromobillar savdosi hududiy jihatdan yuqori darajada jamlangan:

  • asosiy ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 29 mingta elektromobil (umumiy hajmning 71 foizi);
  • keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati, Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyati qayd etilgan.