Departament ma’lumotiga ko‘ra, “Namangan–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan CAPTIVA rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida fuqarolar U.I. va X.S. (muqaddam sudlangan) Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan 445 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini olib kelayotgani aniqlangan. Ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.R.ning yonidan 37 dona kapsuladagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.