Loyihaga ko‘ra, respublikaning seysmik faol hududlarida 6 ball va undan yuqori zilzila sodir bo‘lganda aholini barvaqt xabardor qilish tizimini 100 foiz joriy etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ilmiy-texnik yondashuv asosida xavf indikatorlariga ko‘ra har bir mahallani “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish hamda xavf darajalarini 100 foiz belgilash maqsad qilingan.

Bundan tashqari, xavf ko‘rsatkichini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni hudud, tuman (shahar) va mahallalar kesimida amalga oshirish, natijada “qizil” toifadagi mahallalarni to‘liq “sariq” va “yashil” toifasiga chiqarish rejalashtirilmoqda.