Abdurahmon Baxtiyev 1984 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. U 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yilda esa Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Ma’lum qilinishicha, Abdurahmon Baxtiyev 2019 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasida mas’ul xodim lavozimida ishlab kelgan.
Mazkur tayinlov Toshkent shahrida transport tizimini takomillashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va sohadagi loyihalar ijrosini muvofiqlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan.











