Odil sudlov jarayonida jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta’kidlandi. Shu maqsadda jinoyat protsessiga ingliz huquqi amaliyotida samara bergan «Xalq vakillari hay’ati» instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Qayd etilishicha, o‘ta og‘ir hamda jamiyatda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan jinoyatlarni jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘rib chiqish sud hukmining yanada adolatli bo‘lishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Davlat rahbari, shuningdek, sud qarorlari ijrosi ta’minlanmas ekan, fuqaro va tadbirkorlar huquqlarini ishonchli tiklash mushkul ekanini ta’kidladi. Shu bois, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritish rejalashtiriladi.