Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi mazkur ta’lim muassasasining o‘quv xonalarini ta’mirlab bergan mas’uliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan 189 mln so‘m mablag‘ni MChJning hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga, tamagirlik yo‘li bilan 35 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.