Qonunchilikka ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida quyidagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida taqdim etiladi

  • elektron raqamli imzo (ERI) kalitini berish; 
  • bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish va ularni faollashtirish; 
  • ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya/ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish; 
  • ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish; 
  • QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish; 
  • onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish; 
  • yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda hisobga qo‘yish. 

Hujjatda, shuningdek, tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanloviga ko‘ra ixtiyoriy foydalanishi, tanlangan xizmatlar uchun esa yagona QR-kod orqali to‘lov qilish imkoniyati yaratilishi belgilangan.