Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar sartaroshxonalari xizmatlari narxi noyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Ushbu xizmatlar narxi yil boshidan buyon 8,9 foizga, 2024 yilning mos davriga nisbatan esa 9,6 foizga ko‘tarilgani kuzatilgan.
Ayollar sartaroshxonalari xizmatlari bo‘yicha ham qimmatlashish qayd etilgan. Xususan, noyabr oyida mazkur xizmatlar narxi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6 foizga oshgan. Yil boshidan beri ayollar sartaroshxonasi xizmatlari narxi 6,4 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 7,8 foizga qimmatlashgan.
Ma’lumotlarda qayd etilishicha, xizmatlar sohasidagi narxlar o‘zgarishi oyma-oy hisobda ham, yillik solishtirmada ham o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.











