Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarda qishloq hududlarida uy-joy turlari kesimidagi holat aks etgan. Unga ko‘ra, qishloq joylarda uy xo‘jaliklarining mutlaq ko‘pchiligi alohida uylarda yashashni afzal ko‘radi.
Uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- alohida uy (xususiy hovli) — 99 foiz;
- ko‘p kvartirali uylar — 0,9 foiz;
- boshqa turdagi uy-joylar — 0,1 foiz.
Ma’lumotlarda qayd etilishicha, “xususiy hovli”lar qishloq hududlarida asosiy uy-joy shakli bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, ko‘p kvartirali uylar hamda boshqa turdagi uy-joylarda istiqomat qiluvchi uy xo‘jaliklari ulushi sezilarli darajada past ekani ko‘rinadi.











