Ashxobodda Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va «Betaraflikning 30 yilligi» yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ qayta qurildi.
Mazkur majmua Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida yangilanib, tantanali ravishda ochilgan.

Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ydi.












