Toshkent metropoliteni axborotiga ko‘ra, uzoq yillar davomida yo‘lovchi oqimi kamligi sabab faoliyat yuritmagan mazkur vestibyullarda texnik yangilash ishlari amalga oshirilib, barcha zarur injyener-texnologik jarayonlar yakunlangan.

Qayd etilishicha, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yo‘lovchi oqimini ravon taqsimlash, bekatlarga kirish-chiqishdagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Metropoliten ma’muriyati Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun qulay va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qilgan.