Tashqi ishlar vaziri o‘z Telegram-kanalidagi xabarida Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini qabul qilganini qayd etar ekan, muloqot samarali va kelajakka yo‘naltirilgan ruhda o‘tganini ta’kidladi.
Muzokaralar davomida:
- ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanayotgan salohiyati bo‘yicha fikr almashildi;
- savdo-iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi;
- xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Baxtiyor Saidov elchi Jozef Nkurunzizaga O‘zbekistondagi mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, o‘zaro manfaatli va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.











