Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘n oyida jami 9,7 million nafar chet el fuqarosi O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilning shu davrida mamlakatga qariyb 6,5 million nafar sayyoh tashrif buyurgan edi. Shu tarzda, bir yil ichida turistlar soni 3,2 million nafarga, ya’ni 50 foizga ko‘paygan.

Turistlar oqimi bo‘yicha yetakchi o‘nta davlat quyidagicha:

  • Qirg‘iziston – 2,8 mln nafar;
  • Qozog‘iston – 2,3 mln nafar;
  • Tojikiston – 2,2 mln nafar;
  • Rossiya – 851,9 ming nafar;
  • Afg‘oniston – 388,2 ming nafar;
  • Turkmaniston – 308,9 ming nafar;
  • Xitoy – 217,7 ming nafar;
  • Turkiya – 148,1 ming nafar;
  • Hindiston – 66,1 ming nafar;
  • Koreya Respublikasi – 41,6 ming nafar.

Mutasaddilarga ko‘ra, turizm infratuzilmasini yaxshilash, viza va chegara rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, yangidan ochilayotgan yo‘nalishlar va tadbirlar mamlakatga bo‘lgan turistik qiziqishni yanada oshirmoqda.