Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Ulug‘bek Bahodirovich Davlatov Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ulug‘bek Davlatov 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi.
U.Davlatov 2011 yildan buyon Raqobat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda — bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda departament direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan.











