Rasmiy statistikaga muvofiq, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 548,1 ming tonnaga kamaygan. Bu ko‘rsatkich 8,6 barobarlik pasayishni anglatadi.
Joriy yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonga eng ko‘p sement yetkazib bergan davlatlar quyidagilar bo‘ldi:
- Qozog‘iston – 33 739 tonna;
- Eron – 31 218 tonna;
- Qirg‘iziston – 2 653 tonna;
- Tojikiston – 2 516 tonna;
- Rossiya – 1 152 tonna;
- boshqa davlatlar – 755 tonna.
Rasmiy ma’lumotlar sement importi hajmining keskin qisqargani ichki bozorda mahalliy mahsulot ulushi ortib borayotgani bilan izohlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.











