11 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi islomiy banklar faoliyatini joriy etishga doir qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda qabul qilib, Senatga yubordi.
Deputatlar loyihaning quyidagi normalarini alohida e’tirof etdi:
- litsenziyalash talabi: islomiy bank faoliyati uchun alohida litsenziya olish shartlari aniq belgilab qo‘yiladi;
- standartlar va tushunchalar: islomiy moliya operatsiyalari (murabhaa, ijara, mushoraka, mudoraba va boshqalar)ga oid huquqiy tushunchalar ochib beriladi, islomiy moliya standartlari tatbiq etiladi;
- faoliyat doirasi: banklarga mijozlarni moliyalashtirish uchun savdo faoliyatini amalga oshirish, yuridik shaxslar tashkil etish, ularning ustav fondlarida ulush/aksiya sotib olish huquqi beriladi;
- soliq tartibi: islomiy moliya operatsiyalariga mos soliq mexanizmi joriy etiladi.
Ushbu qonun islomiy bank xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish, moliyaviy qamrovni kengaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.











