Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universiteti (TDTU) faoliyati bilan tanishadi. Tashrif doirasida:
- sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida alohida xizmat ko‘rsatgan mutaxassislarga davlat mukofotlari topshiriladi;
- tibbiyot ta’limi sifati, kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va klinik amaliyotni integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi;
- joriy yilda erishilgan islohotlar natijalari tahlil qilinib, 2026 yil uchun ustuvor vazifalar belgilab qabul qilinadi.
Shuningdek, TDTU bazasida ilg‘or o‘quv-uslubiy yondashuvlar, klinik amaliyot, raqamli sog‘liqni saqlash yechimlari va farmatsevtika klasterini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham tinglanishi kutilmoqda.











