Farmonga ko‘ra, E-tergov'ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- jinoyat ishi yurituvining barcha bosqichlarini elektron shaklga o‘tkazish;
- sud ekspertizasini onlayn rejimida tayinlash va muvofiqlashtirish;
- moddiy zararni hisobga olish, undirish va monitoring qiluvchi raqamli konturni shakllantirish.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026-2027 o‘quv yilidan “Kiberhuquq” bakalavriati joriy etiladi (kunduzgi ta’lim, o‘qish muddati — 4 yil).
Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi negizida Bosh prokuraturaning Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.
E-tergov orqali tergov va prokuror nazorati jarayonlari shaffof, tizimli va tezkor bo‘ladi, inson omili ta’siri kamayadi, hujjat aylanmasi raqamlashtirilib, qonunbuzilishlarni ilk bosqichda aniqlash imkoniyatlari kengayadi.











