Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida FHDYo organlarida O‘zbekiston bo‘yicha 177 mingta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida — 21,2 mingta.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida nikohlar soni quyidagicha taqsimlandi:

  • Samarqand viloyati — 21,2 mingta;
  • Farg‘ona viloyati — 19,4 mingta;
  • Qashqadaryo viloyati — 17,7 mingta;
  • Toshkent shahri — 16,9 mingta;
  • Andijon viloyati — 14,9 mingta;
  • Surxondaryo viloyati — 14,0 mingta;
  • Namangan viloyati — 13,8 mingta;
  • Toshkent viloyati — 13,4 mingta;
  • Buxoro viloyati — 9,8 mingta;
  • Xorazm viloyati — 9,5 mingta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 8,7 mingta;
  • Jizzax viloyati — 7,6 mingta;
  • Navoiy viloyati — 5,5 mingta;
  • Sirdaryo viloyati — 4,5 mingta.

Umuman, Samarqand viloyati hissasi jami 177 mingta nikohning taxminan 12 foizini tashkil etadi. Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari egallagan.