Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb qo‘shma bayonotni imzoladi.

Yetakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan:

­– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;

– foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;

– geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;

– raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

– ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;

– maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;

– ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;

– raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish;

– iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.