Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘nalish hali ishga tushmagani haqidagi xabarlar yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK rasmiy bayonot berdi

Korxonaga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr kuni tongdan boshlab «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi to‘liq ishga tushirilgan va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Marshrutda 12 ta poyezd joylangan bo‘lib, harakat oraliqlari 7 daqiqa etib belgilangan.

Metropoliten ma’muriyati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini axborot tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.