Uchrashuvlarda o‘zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog‘-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’limga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 28-31 oktyabr kunlari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ham rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 30 oktyabr kuni Samarqandda YuNeSKO sammiti o‘z ishini boshlaydi.