Suhbatda siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik hamda Afg‘oniston bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama aloqalarning o‘sib borayotgan dinamikasini qayd etdi va hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga o‘zaro qiziqish bildirdi.
Uchrashuvda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, jumladan Afg‘onistonda barqarorlikka ko‘maklashish bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Muloqot konstruktiv ruhda o‘tdi va O‘zbekiston–Buyuk Britaniya o‘rtasidagi amaliy munosabatlarni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.











