Kecha, 21 oktyabr kuni soat 22:31 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirobod tumani, Sariko‘l ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:39 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 22:52 da qurshab olinib, soat 22:58 da to‘liq o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerto‘la qismida saqlanayotgan qurilish mollari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.