South China Morning Post xabariga ko‘ra, voqea dushanba kuni ertalab Dubaydan uchgan samolyot qo‘nayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Dushanba kuni ertalab Hongkong xalqaro aeroportining shimoliy uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan yuk samolyoti yerusti transporti bilan to‘qnashib ketishi va dengizga qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.
Samolyot bortida bo‘lgan ikki kishi dastlab bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan. 30 yoshli shaxs dengizdan olib chiqildi, biroq voqea joyida vafot etgan. 41 yoshli ikkinchisi Shimoliy Lantau kasalxonasiga yetkazilgan va u yerda vafot etgan.
Samolyotning to‘rt nafar ekipaj a’zosi jabrlanmagan.
Aeroportning shimoliy uchish-qo‘nish yo‘lagi avariya holati o‘rganib chiqilgunga qadar vaqtincha yopilgan.











