Mazkur holat Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlanishicha, holat 4 oktyabr kuni darsdan keyin soat 16:30 dan o‘tgan vaqt oralig‘ida bo‘lib, bolalar o‘z uyidan futbol o‘ynagani chiqqan bo‘lgan.

Maktabning 3-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘g‘il bolani haqorat qilib velosipedda qochib ketmoqchi bo‘lganida 9-sinf o‘quvchisi velosipedning orqa g‘ildiragiga oyog‘i bilan tepgan, natijada 3-sinf o‘quvchisi yuz qismi bilan yiqilib tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan hozirgi kunda tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Hozirda bolaning holati yaxshi, deyiladi Toshkent shahar MMTB xabarida.