Ba’zi davlatlar taqiqni qo‘llash mexanizmlarini zaiflashtirishni taklif qilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik bunday harakatga qarshi chiqdi. Doimiy vakillar RePowerEU rejasi bo‘yicha muhokamalarni 15 oktyabrda davom ettirishi mumkin, biroq hujjat matni Yevropa Ittifoqi energetika vazirlariga muhokama uchun qo‘shimcha qayta ko‘rib chiqilmagan holda taqdim etiladi, dedi DW manbasi.

O‘sha kuni, 8 oktyabrda Reuters agentligi diplomatik manbalarga tayanib, Yevropa Ittifoqining doimiy vakillari 2028 yilgacha Rossiya neft va gazi importini bosqichma-bosqich to‘xtatish rejasini ma’qullagani haqida xabar berdi. «Chorshanba kuni (8 oktyabr) yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqining doimiy vakillari taklif qilingan qonunni o‘z vazirlariga 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan diplomatiya yig‘ilishida tasdiqlash uchun yuborishga kelishib oldi», deyiladi ma’lumotda. 

Rossiya energiya ta’minotini bosqichma-bosqich to‘xtatish rejalari «malakali ko‘pchilik» tomonidan ma’qullanishi kerak, ya’ni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning 55 foizi tomonidan. Shu tariqa, Vengriya va Slovakiyaning tanqidiga qaramay, hujjat qabul qilinishi kutilmoqda, chunki Yevropa Ittifoqining deyarli barcha boshqa davlatlari uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi, deyiladi Reuters xabarida.

Biroq, muhim masala, Yevropa Ittifoqi portlaridagi suyultirilgan gaz (STG) Rossiyaga tegishli emasligiga ishonch hosil qilish uchun oldindan rasmiylashtirishni tekshirish zarurati bo‘lib qolmoqda.