Tadqiqotlarda jigar saratoniga chalingan 2 mingdan ortiq bemor va 8 mingga yaqin sog‘lom insonlar ishtirok etdi.
Olimlar ishtirokchilarning choy va alkogol iste’mol qilishi, V va S gepatitlari virusining mavjudligi, tamaki chekishi, ichimlik suvining sifati kabi omillarni taqqoslab ko‘rishdi. Tadqiqotlar davomida choy ichishni to‘xtatmagan insonlarda jigar saratoni rivojlanishi xavfi choy ichmaydiganlarga nisbatan 49 foizga kam bo‘lishi aniqlandi.
Choyning himoyaviy ta’siri ayniqsa alkogol iste’mol qiluvchilarda yaqqol sezildi: choy jigar saratoni ehtimolini 50 foizga kamaytirgan. Mualliflar choy tarkibidagi antioksidantlar va polifenollar bu jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.
Tadqiqotchilar choy gepatit Vga qarshi emlanish, alkogoldan voz kechish o‘rnini bosa olmasligini, lekin doimiy ravishda choy ichish kasallikka chalinish xavfini kamaytirishini ta’kidlashgan.
Olimlarning fikricha, virusli gepatit tarqalishini va alkogol iste’molini kamaytirish jigar saratoniga chalinish xavfini 60 foizgacha kamaytiradi.











